GME kompaniyasi 2017 yilda Janubiy Koreada tashkil topgan start-up fin-tech kompaniya bo’lib, 3 yo’nalishda xizmat ko’rsatadi. Ular “Pul jo’natmalari”, “Kredit bo’limi” hamda “B2B” bo’limlaridir. Ushbu yo’nalishlarning har biri alohida maqsadga va rejaga ega bo’lib, hozirgi kunda butun Korea Respublikasi bo’ylab xizmat ko’rsatib kelayotgan Fin-Tech kompaniyalar orasida yuqori nufuzli o’rinlarni egallaydi.
“Pul jo’natmalari” bo’limi Korea Respublikasidan boshqa davlatlarga pul jo’natish, hamda boshqa davlatlardan pul qabul qilish bilan shug’ullanadi. Bank pul jo’natmalaridan farqi shundaki, siz GME ilovasi orqali tez va muammolarsiz, uyingizdan chiqmay turib pul jo’natishingiz mumkin bo’ladi. Shu bilan birgalikda, pul qabul qiluvchi ham Bankga bormay turib ham to’g’ridan to’g’ri plastik kartalariga pul qabul qilib olishlari mumkin bo’ladi.
“Kredit” bo’limining asosiy maqsadi – Koreada istiqomat qilib kelayotgan MDH davlat fuqarolariga moliyaviy ko’maklashishdan iborat.
“B2B” jamoasi tepada aytib o’tilgan ikki jamoaning hechqanday muammo va qiyinchiliklarsiz xizmat qila olishini ta’minlab beradi. Ular hamkorlar bilan shartnomalar imzolar, ilova hamda xizmat osson va tezroq bo’lishiga katta xissa qo’shishadi.